Akkauntni o‘chirish
Oxirgi yangilanish: 10.10.2026
Oraz akkauntingizni va unga bog‘liq shaxsiy ma’lumotlaringizni istalgan vaqtda ilovaning o‘zidan o‘chirishingiz mumkin.
Ilovada o‘chirish
- Oraz ilovasiga kiring.
- Profil bo‘limini oching.
- Mening ma’lumotlarim ni tanlang.
- Pastdagi Akkauntni o‘chirish tugmasini bosing.
- Tasdiqlash so‘zini yozib, o‘chirishni tasdiqlang.
Faol (tugallanmagan) buyurtmangiz bo‘lsa, avval uni yakunlang yoki bekor qiling, shundan keyin o‘chirish mumkin bo‘ladi.
Nima o‘chiriladi
- Telefon raqamingiz, ismingiz, profil rasmingiz, sevimlilar ro‘yxatingiz, bildirishnomalaringiz va qurilma identifikatorlaringiz.
- Saqlangan manzillaringiz (buyurtmada ishlatilganlari shaxsni aniqlab bo‘lmaydigan holga keltiriladi).
- Usta bo‘lsangiz: hujjatlaringiz (passport, selfie, sertifikat), ish namunalaringiz, jadvalingiz; profilingiz yashiriladi.
- Salon egasi bo‘lsangiz: salon yopiladi, salon hujjatlari o‘chiriladi, xodimlar individual usta bo‘lib qoladi.
Nima saqlanishi mumkin
Buyurtmalar tarixi, hisobotlar va nizolarni hal qilish uchun zarur yozuvlar shaxsni aniqlamaydigan ko‘rinishda qolishi mumkin. Qonun talab qilgan hollarda ayrim yozuvlar belgilangan muddat saqlanadi. Tafsilotlar: Maxfiylik siyosati.
Ilovaga kira olmasangiz
Akkauntni o‘chirishni so‘rash uchun biz bilan bog‘laning: ilovadagi «Yordam» bo‘limi. So‘rovda akkauntga ulangan telefon raqamini yozing. Shaxsingiz tasdiqlangach, ma’lumotlar o‘chiriladi.